Mainzda til markazi

Rheinland-Pfalz ölkasining poytaxti Mainz shahri jöshqin hayotli Rhein-Main mintaqasining markazida joylashgan va shuning uchun madaniy va köngilochar maskanlarga judayam boy. Germaniyaning Frankfurtdagi eng katta aeroportidan faqatgina 30 daqiqa davomida studentlar shahri Mainzga yetib kelasiz. Mainzdan faqatgina bir soat davomida eng katta metropollardan biri Frankfurtga yoki faqatgina 10 daqiqa davomida Hessen ölkasi poytaxti Wiesbadenga yetib kelish imkoniyatiga egasiz.

 

 

Shahar Germaniyaning eng katta daryosi Rhein böyida joylashgan. Rhein böyidagi xushmanzara sayr xiyobonlari va Mainzning gözal yon-atrofi mazmunli hordiq chiqarishga va joy haqida turli qiziqarli izlanishlar kashf qilishga chorlaydi. Yunesko tashkiloti röyxatida turuvchi jahon madaniyati merosi, afsonaviy Lorelay chöqqisi joylashgan Yuqori Örta Rhein vodiysiga Mainzdan taxminan bir soatlar atrofida yetib borish mumkin.  

 

 

Mainz Rhein mintaqasiga xos bölgan karnevalning eng yuqori chöqqisi hisoblanadi. Johannes Gutenberg Universiteti va köpgina teleradiokompaniyalar (mas, ZDF) ham shuyerda joylashgan. Kitob nashr qilishni kashf qilgan Johannes Gutenberg bu shaharning faxri hisoblanadi.   

 

 

Qiziqib qoldingizmi? Unda Rheinland-Pfalz poytaxtiga bizning til markazimizga tashrif buyuring va unutilmas lahzalarni boshdan kechiring! Biz bundan faqat xursand bölamiz va sizni kutamiz!

 

More information about Mainz:

 

You tube video about Mainz

Official Website of Mainz

 

Germany German classes